Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ish beruvchilar orasida eng ko‘p talab qilinadigan ko‘nikmalar aniqlandi
Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (PMTI) ekspertlari O‘zbekistondagi ish beruvchilar orasida eng ko‘p talab qilinadigan ko‘nikmalarni aniqlash bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi.
Qayd etilishicha, buning uchun mavjud bo‘sh ish o‘rinlariga oid ma’lumotlar bazasi o‘rganib chiqildi. O‘rganish vaqtida ma’lumotlar bazasida 4 mingdan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari qayd etildi.
Tahlil natijalariga ko‘ra, quyidagilar ma’lum bo‘ldi:
- bo‘sh ish o‘rinlari 28 foizida ijtimoiy ko‘nikmalar, ya’ni jamoada ishlash, muzokaralar olib borish, yaxshi nutq, muloqot, omma oldida taqdimot qilish qobiliyatlari talab etilishi ma’lum bo‘ldi;
- vakansiyalar 18,3 foizida chet tillarini (asosan ingliz tilini) bilish talabi ko‘rsatilgan;
- vakansiyalar 15,2 foizida shaxsiy ko‘nikmalar, ya’ni mas’uliyat, stressga chidamlilik, ijodkorlik, motivatsiya, yetakchilik fazilatlari talab etilmoqda, kompyuter savodxonligi ham eng ko‘p talab qilinuvchi ko‘nikma ekani ma’lum bo‘ldi (bo‘sh ish o‘rinlari 12,5 foizida so‘ralgan);
- bo‘sh ish o‘rinlari 86 foizida ish qidiruvchilardan kamida bir yillik ish stajiga ega bo‘lish talab qilingan;
- bo‘sh ish o‘rinlari 11,3 foizida oliy ma’lumotli bo‘lish so‘ralgan.
Ekonometrik tahlil natijalariga ko‘ra, quyidagilar aniqlandi:
- moliyaviy, kompyuterga ixtisoslashgan, kognitiv, mijozga yo‘naltirilgan, xodimlarni boshqarish, ijtimoiy ko‘nikmalar, rus, o‘zbek va ingliz tillarini bilish muhim ahamiyatga ega;
- ijobiy mukofot quyidagi ko‘nikmalarda namoyon bo‘ladi: moliyaviy (34 foiz), hisoblash (8,6 foiz), kognitiv (20 foiz), mijozlarga yo‘naltirilgan (21 foiz), xodimlarni boshqarish (33 foiz) va ingliz tilini bilish (25 foiz).
Mavzuga oid
10:18 / 23.05.2025
O‘zbekistonlik 1500 dan ortiq fuqaro Sloveniyada ish topishi mumkin
00:46 / 06.05.2025
Xitoyda muntazam ravishda ortiqcha ishlab kelgan repetitor o‘z ishxonasida vafot etdi
10:49 / 14.04.2025
O‘zbekistonliklar Turkiyadagi yolg‘on ish takliflari haqida ogohlantirildi
11:36 / 12.04.2025