Jamiyat | 17:16 / 03.10.2022
14661
2 daqiqa o‘qiladi

Yakkasaroy tumani hokimligining bosh yuriskonsulti ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti

Tadbirkorning 1500 AQSh dollarini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan yuriskonsult ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi departament hamda Davlat xavfsizlik xizmatining Yakkasaroy tumani bo‘limlari tomonidan tadbirkorlik sub’yektlari huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda, Yakkasaroy tumani hokimligi bosh yuriskonsulti B.N. “B.S.” MChJ tomonidan ochilgan do‘kon egalik huquqini bekor qilish yuzasidan sudlar tomonidan ko‘rilayotgan apellyatsiya ishini yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali uning foydasiga hal qilib berishni 1500 AQSh dollariga kelishib, shundan 500 AQSh dollarini ishni boshlash bahonasida qo‘lga kiritib, qolgan 1000 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ma’lum qilinishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid