O‘zbekiston | 10:13 / 04.10.2022
5387
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda «prava» olish uchun imtihondan o‘tkazib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihondan o‘tkazib qo‘ymoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi.

Foto: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi departament Chilonzor tuman bo‘limi tomonidan ichki ishlar bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, unda “Vatanparvar” tashkilotining “Sergeli O‘quv STK” UK boshlig‘i o‘rinbosari U.T. fuqaro R.ni haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yish evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ma’lum qilinishicha, hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Mavzuga oid