Sport | 00:39 / 05.10.2022
22051
2 daqiqa o‘qiladi

Futzal. O‘zbekiston Kuvaytni yirik hisobda mag‘lub etib, Osiyo Kubogi yarimfinaliga yo‘l oldi

Foto: UFA

Kuvaytda o‘tayotgan futzal bo‘yicha Osiyo Kubogida chorakfinal boschiqi yakunlandi.

So‘nggi juftlikda O‘zbekiston milliy jamoasi Anasxon Rahmatov, Davron Choriyev va Husniddin Nishonovning gollari evaziga mezbonlar ustidan g‘alaba qozonib, yarimfinalga yo‘l oldi.

Bahodir Ahmedov jamoasi final yo‘llanmasi uchun 6 oktabr kuni Yaponiya bilan bahs yuritadi. Bellashuv Toshkent vaqti bilan 19:00da boshlanadi. 

Ikkinchi yarimfinalda Tailand amaldagi chempion Eron sinovidan o‘tadi.

Futzal. 1/4 final
O‘zbekiston — Kuvayt 3:0

4 oktabr, «Saad al Abdulloh Hall»
Gollar: Anasxon Rahmatov (14), Davron Choriyev (21), Husniddin Nishonov (33).
O‘zbekiston — Ravshan Eliboyev, Ixtiyor Ropiyev, Ilhom Hamroyev, Husniddin Nishonov, Davron Choriyev
Zaxira: Rustam Umarov, Anasxon Rahmatov, Mashrab Odilov, Sunnat Jo‘rayev, Dilshod Rahmatov, Elbek To‘lqinov, Akbar Usmonov, Shahram Faxriddinov, Davlat Ibragimov
Kuvayt — Muhammad Alhuazim, Hamad Hayat, Abdulrahmon Alvadi, Abdulrahmon Altavail, Saloh Alfadhel.
Zaxira: Xolid Abdulloh, Yusuf Alhalifa, Ahmad Alforsi, Najib Ali, Abdulrahmon Almosabehi,  Abduyelteif Alabasi, Hamad Alavadhi, Ali Alsaif.

Mavzuga oid