Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Seul va Vashington Shimoliy Koreya harakatiga javoban raketa uchirdi
Amerika va Janubiy Koreyaning ATACMS raketalari Yapon dengizi tomon yo‘naltirildi. Ayni vaqtda, Janubiy Koreya tomonidan uchirilgan raketalardan biri harbiy baza hududiga tushgan.
Qo‘shma Shtatlar va Janubiy Koreya bir kun avval Shimoliy Koreya ballistik raketa uchirganiga javoban ikkita yer-yer sinfidagi raketa sinovini o‘tkazdi. Bu haqda 5 oktyabr, chorshanba kuni Janubiy Koreyaning «Yonhap» axborot agentligi mamlakat bosh shtabi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Amerika va Janubiy Koreyaning ATACMS raketalari Yapon dengizi tomon yo‘naltirilgan. Shu bilan birga, Janubiy Koreya tomonidan otilgan raketalardan biri harbiy baza hududiga tushgan, bu hodisada qurbonlar yo‘q.
Shimoliy Koreya sentabr oyi oxiridan beri kamida beshta raketa uchirib, to‘rtta sinovni amalga oshirdi.
4 oktyabr kuni Shimoliy Koreya tomonidan uchirilgan o‘rta masofali ballistik raketa Yaponiyaning Xonsyu orolidagi Toxoku hududi ustidan uchib o‘tib, Tokio, Seul va xalqaro hamjamiyatning boshqa a’zolarini g‘azablantirdi.
Xususan, AQSh prezidenti Jo Bayden va Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida qo‘shma bayonotida sinovni «eng qat’iy tarzda» qoraladi. BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish ham «aniq keskinlashuv» haqida gapirdi.
O‘z navbatida, Janubiy Koreya prezidenti Yun Sok Yol Pxenyan o‘z mamlakati harbiylari, ittifoqchilari va xalqaro hamjamiyatning «qattiq reaksiyasiga duch kelishiga» va’da berdi.
Mavzuga oid
09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
13:00 / 06.05.2025
Shimoliy Koreya Rossiyaga 15 ming mehnat muhojirini yubordi
22:44 / 04.05.2025