Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi qonun yangi tahrirda ishlab chiqiladi
O‘zbekistonda xalqaro tajriba asosida Maxsus iqtisodiy zonalar to‘g‘risidagi qonunning yangi tahriri loyihasi ishlab chiqiladi.
Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida (ITSV) O‘zbekistonda maxsus iqtisodiy zonalar faoliyatini muvofiqlashtirish va boshqarish tizimini yanada takomillashtirish masalalari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.
Yig‘ishda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri o‘rinbosari Olim Rustamov, Xalqaro moliya korporatsiyasining Markaziy Osiyoda yangi bozorlarni yaratish bo‘yicha maslahat dasturi mintaqaviy koordinatori Tarik Shaxovich hamda Xalqaro moliya korporatsiyasining Erkin iqtisodiy zonalar bo‘yicha mintaqaviy mutaxassisi Kreyg Gize ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida xalqaro moliya korporatsiyasi ekspertlari, vazirlik va idoralar vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etish hamda xalqaro tajribadan kelib chiqib, maxsus iqtisodiy zonalar bo‘yicha yangi tahrirdagi dastlabki qonun loyihasini ishlab chiqish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.
Muhokamalar natijasida mazkur ishchi guruhga vazirlikdan Maxsus iqtisodiy zonalarni rivojlantirish boshqarmasi va ITSV Yuridik boshqarmasidan nomzodlar biriktirildi.
Mavzuga oid
13:53 / 07.05.2025
BAA dunyoda birinchi bo‘lib qonunlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi
17:14 / 19.04.2025
Deputatlar sun’iy intellektda yaratilgan noqonuniy kontent uchun jazoga izoh berdi
20:06 / 14.04.2025
Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati kengaytirildi
10:48 / 10.03.2025