Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda YPX xodimi va haydovchi o‘rtasida mojaro yuz berdi
Ijtimoiy tarmoqlarda yo‘l-patrul xizmati xodimi va haydovchi o‘rtasidagi mojaro aks etgan video tarqaldi. Poytaxt IIBB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Joriy yilning 7 oktabr kuni taxminan soat 07:30 dan Toshkent shahar IIBB YHXB inspektori B.Nazirxo‘jayev Shayxontohur tumanidagi Bunyodkor va Islom Karimov ko‘chalari chorrahasida tirbandlikni bartaraf etish maqsadida harakatni tartibga solib turgan.
Qayd etilishicha, soat 08:30 larda “Lasetti” rusumli transport vositasi haydovchisi, 1984 yilda tug‘ilgan E.A. uyali telefondan foydalanib, YPX inspektorining ishorasiga bo‘ysunmasdan chorrahaga kirib kelgan.
YPX inspektori haydovchiga sodir etgan qoidabuzarligini tushuntirayotgan vaqtida haydovchi YPX inspektorini onasini haqorat qilgan, natijada o‘zaro tortishuv yuzaga kelgan.
Haydovchining harakatlariga huquqiy baho berish maqsadida Shayxontohur tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.
YPX inspektorining xatti-harakatlari yuzasidan Toshkent shahar IIBB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilmoqda. Yakuni bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanishi aytilgan.
Mavzuga oid
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
08:34 / 17.05.2025
Toshkentda 96 marotaba qoidabuzarlik sodir etgan haydovchi aniqlandi
18:39 / 16.05.2025
O‘zbekiston yo‘llaridagi barcha radar va kameralar yil oxirigacha to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi
18:04 / 16.05.2025