Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat hisobidan beriladigan advokatni elektron tizim orqali tasodifiy tanlash tartibi joriy etiladi
Qonunchilik palatasi Demokratik institutlar, nodavlat tashkilotlar va fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari qo‘mitasi tomonidan “Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini takomillashtirishga qaratilgan ishchi guruh yig‘ilishi o‘tkazildi.
Hujjat 5 ta bob, 34 ta moddadan iborat. Qonun loyihasi bilan davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatish tamoyillari, sohadagi davlat siyosati asosiy yo‘nalishlari belgilanmoqda, fuqarolar yuridik yordam olishga bo‘lgan huquqlari kafolatlari kuchaytirilmoqda.
Davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatiladigan ishlar ro‘yxatiga fuqarolik va ma’muriy ishlarni kiritish orqali fuqarolar bepul yuridik yordam olish imkoniyatlari hamda davlat hisobidan yuridik yordam oluvchi shaxslar doirasi kengaytirilmoqda.
Belgilanayotgan normalar bilan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda davlat hisobidan yuridik yordam ko‘rsatadigan advokatlarni inson omilisiz elektron tizim orqali tasodifiy tanlash tartibi joriy etiladi.
Ishchi guruh yig‘ilishida qonun loyihasi deputatlar taklif va tavsiyalari asosida takomillashtirildi, loyihadagi normalar amaldagi qonunchilikka muvofiqlashtirildi, havolaki normalar o‘rniga to‘g‘ridan to‘g‘ri ishlaydigan normalar kiritildi.
Mavzuga oid
07:40 / 21.05.2025
DXX Qashqadaryoda 3 nafar advokatning firibgarlik harakatlarini fosh etdi
23:16 / 11.04.2025
Surxondaryoda sudyaga 1000 dollar pora taklif qilgan advokat ushlandi
12:04 / 19.03.2025
Qator hududlarda advokatlarning noqonuniy harakatlari fosh etildi
13:43 / 05.03.2025