O‘zbekiston | 17:00 / 08.10.2022
8024
2 daqiqa o‘qiladi

“Fitch Ratings” agentligi “Hududiy elektr tarmoqlari” AJga “BB-” "Barqaror" xalqaro reytingini taqdim etdi

Foto: Fitch Ratings

“Fitch Rating” xalqaro reyting agentligining joriy yil 6 oktyabrdagi hisobotida “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning halqaro indikativ reytingi “BB-“ “Barqaror” darajada baholandi.

Shuni alohida qayd etish lozimki, Xalqaro reyting agentligi “Hududiy elektr tarmoqlari”AJning nafaqat moliyaviy-iqtisodiy va biznes strategiyasi holatini o‘rgandi, moliyaviy modeli barqarorligi hamda korporativ boshqaruv tizimi va boshqa yo‘nalishlari ham chuqur o‘rganildi va tahlil qilindi.

Yana bir muhim jihat, Jamiyatga kiritilayotgan investitsiya ko‘lamining jozibadorligi va uni boshqarishdagi salohiyati, Jamiyatning kredit yuki kerakli darajada nazorat ostida olib borilayotgan tizimli islohotlari samarasi mazkur ijobiy natijaga erishishga xizmat qildi.

Mazkur reyting, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJni jahonning investitsiya bozorlarida aniq va ravshan biznes strategiyasiga, shaffof moliyaviy holatiga va kuchli korporativ boshqaruv tizimiga ega korxona sifatida tanitadi.

Ma’lumot uchun: “Fitch Ratings” - halqaro reyting agentliklarining “Katta to‘rtlik” deb atalmish birligidan o‘rin olgan.

Mavzuga oid