Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 08:49 / 08.10.2022
4988
1 daqiqa o‘qiladi
Paxta klasterlari yo‘q hududlarda fermerlar kooperatsiya tashkil qilishi mumkin
Paxta-to‘qimachilik klasterlari yo‘q hududlarda paxta tozalash korxonalari negizida fermer xo‘jaliklari ixtiyoriy kooperatsiyalari tashkil etiladi.
Foto: Kun.uz
“Huquqiy axborot” kanalida yozilishicha, quyidagilar kooperatsiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
- kooperatsiya a’zolari tomonidan paxta yetishtirish uchun zarur texnika, uskuna, transportdan, paxta tozalash zavodlaridan birgalikda foydalanishni tashkil etish;
- kooperatsiya va ular a’zolari o‘rtasidagi shartnoma asosida qishloq xo‘jaligi texnikasi, yonilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘it, urug‘lik, kimyoviy va biologik himoya vositalari bilan ta’minlash;
- kooperatsiya bilan hamkorlik qilish uchun eksport qiluvchilarni jalb etish, ichki va tashqi bozorlarda marketing tadqiqotlari o‘tkazish;
- kooperatsiya a’zolari tomonidan ishlab chiqariladigan paxta tolasi va ikkilamchi mahsulotlarni birjada yoki birjada shakllangan narxlarda to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida sotish.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
14:55 / 27.05.2025
Paxta va g‘allachilikda yuqori ko‘rsatkichlarga ega sub’yektlar qo‘shimcha rag‘batlantiriladi
17:04 / 01.05.2025
AQSh O‘zbekiston paxta sanoatini moliyalashtirganini eshitgan Ilon Mask kulib yubordi
15:49 / 01.04.2025
Bekobodlik fermerlar “yorildi”
22:00 / 25.03.2025