«Buyurtmachi – Ukraina maxsus xizmatlari». Putin ilk marta Qrim ko‘prigidagi portlash haqida gapirdi

Foto: Kreml rasmiy sayti
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Qrimdagi ko‘prik portlatilishi haqida ilk marta fikr bildirdi. Putin bu haqda Sankt-Peterburgda mamlakat Tergov qo‘mitasi raisi Aleksandr Bastrikin bilan uchrashuvda gapirdi.
Putin Qrimdagi voqeani terakt deb atadi. «Tashkilotchilar ham, buyurtmachi va amalga oshirganlar ham Ukraina maxsus xizmatlaridir», dedi Putin.
Bastrikinning aytishicha, holat bo‘yicha Rossiya jinoyat kodeksining 205-moddasi («Terrorizm») 2-qismi bilan ish ochilgan. «Ko‘plab guvohlar so‘roq qilindi. Portlashlar bo‘yicha, genetik va kriminalistik ekspertiza o‘tkazildi. FXX, IIV kabi mas’ul organlarga kerakli topshiriqlar berildi.
Portlash sodir bo‘lgan yuk mashinasining harakatlanish marshruti bo‘yicha ma’lumotlarni aniqlashga muvaffaq bo‘ldik. Bular – Bolgariya, Gruziya, Armaniston, Shimoliy Osetiya va Krasnodar o‘lkasi. Shuningdek, bu avtobusning (aftidan, yuk mashinasi demoqchi bo‘lgan – tarj.) harakatlanishini ta’minlashda ishtirok etgan shaxslar aniqlandi. FXX tomonidan Rossiya hududida bu teraktni amalga oshirishi mumkin bo‘lgan odamlar ro‘yxati shakllantirildi», dedi Rossiya Tergov qo‘mitasi raisi.
Bastrikinning so‘zlariga ko‘ra, portlashni tashkil etishda Ukraina maxsus xizmatlari bilan birga xorijiy davlatlar va Rossiya fuqarolari ham ishtirok etgan.
Ma’lumot uchun, 8 oktyabr kuni Rossiyaning quruqlikdagi qismini Qrim yarimoroli bilan bog‘lovchi Kerch ko‘prigida yuk mashinasi portlatilishi oqibatida ko‘prikning mashina qatnoviga mo‘ljallangan qismi upirilib tushgan, temiryo‘l harakatlanadigan qismida esa yonilg‘i ortilgan sisterna yonib ketgandi. Rossiya 2014 yilda Qrimni egallab olgan, Ukraina esa Qrimni hamon o‘z sub’yekti deb biladi.
Mavzuga oid

23:23 / 13.03.2025
Tramp Putinning o‘t ochishni to‘xtatish borasidagi bayonotini «umidbaxsh, lekin to‘liq emas» deb atadi

23:00 / 13.03.2025
Putin AQSh va Ukrainaning 30 kunlik otashkesim taklifiga rozi bo‘ldi

21:18 / 13.03.2025
Putin: Rossiya Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga ba’zi shartlarda tayyor

20:02 / 13.03.2025