Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Estoniya ishbilarmon doiralari vakillarining O‘zbekistonga missiyasi tashkil etiladi
O‘zbekiston-Estoniya hamkorligini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Estoniya elchisi Toomas Tirs (qarorgohi – Ostona shahrida) bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” muxbiri.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Estoniya hamkorligini yanada rivojlantirish, ikki tomonlama kun tartibini kengaytirish dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirish, siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni faollashtirishdan o‘zaro manfaatdorlik bildirildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha joriy yil oxirigacha vazirliklararo siyosiy maslahatlashuvlar navbatdagi raundi muddatini ishlab chiqish, 2023 yil boshida Estoniya ishbilarmon doiralari vakillarining O‘zbekistonga missiyasini tashkil etish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mavzuga oid
13:17 / 19.05.2025
Estoniya Rossiyani neft tankerini qo‘lga olganlikda aybladi
15:19 / 16.05.2025
Estoniya Rossiyani mamlakat havo hududini buzganlikda aybladi
21:39 / 28.04.2025
Rossiya Yevropa bilan chegaradagi harbiy qismlarini kengaytirmoqda
19:12 / 23.04.2025