Qurib qolgan quduqlar, ichimlik suvisiz qolayotgan aholi – deputatlar Surxondaryoda kuzatilayotgan suv muammosini muhokama qilishdi
Xalq deputatlari viloyat kengashining oltmishinchi sessiyasida surxondaryoliklarni qiynab kelayotgan ichimlik suvi masalasi ko‘tarildi. Xalq vakillariga axborot bergan prezidentning Surxondaryo viloyatidagi Xalq qabulxonasi mudiri Abduhakim Eshmurodovga ko‘ra, 2022 yil davomida ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha 2387 ta murojaat kelib tushgan.
Abduhakim Eshmurodov viloyatdagi suv muammosini hal qilish maqsadida To‘palang suv omboridan ichimlik suvi tarmog‘i tashkil etish bo‘yicha dastur amalga oshirilayotganini bildirdi.
“To‘palang suv omboridan ichimlik suvi tarmog‘i dasturi asosida 361 km suv tizimi tashkil qilinadi. Dasturga ko‘ra 11 ta tuman va Termiz shahri jami 12 ta hududda 1 mln 700 ming aholining suv ta’minoti yaxshilanadi. Loyiha 2023 yilda yakunlanadi.
Lekin Oltinsoy tumani aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasi ushbu dasturga kiritilmagan va bu hududni suv bilan ta’minlashda muammolar ko‘p. Shu bois bu hududdan ayni yo‘nalishda murojaatlar ko‘paymoqda. Birgina Vaxshivor qishlog‘i hududidagi 14 ta mahallada aholini ichimlik va tomorqa suvi bilan ta’minlovchi buloqlar qurigan, ekin ekib bo‘lmayapti, bog‘lar va uzumzorlarda muammolar bor, natijada bu yerda yashash og‘irlashib bormoqda. Bu muammoga yechim topish uchun esa hududdagi buloqlarning suvlarini kaptajlarga to‘plab aholiga yetkazib berish masalasi ko‘rib chiqilsa, maqsadga muvofiq bo‘lardi”, degan Abduhakim Eshmurodov.
Viloyat xalq qabulxonasi mudiri Muzrabot tumanining To‘palang suv omboridan ichimlik suvi olib borish imkonsiz bo‘lgan hududlari suv ta’minoti uchun davlat rahbari tomonidan 60 mln dollar pul ajratib berilgani, ushbu mablag‘ evaziga Sherobodning Pashxo‘rt qishlog‘idan Muzrabotning ichimlik suvi muammosi mavjud hududlariga suv tortib kelinayotganini ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, Oltinsoydagi suv muammosi bo‘yicha saytimizda ham tahliliy maqola e’lon qilingan, unda ekinlarni sug‘orishga suv yo‘qligi tufayli tumandagi uzumzor va bog‘lar qurib borayotgani ko‘tarilgandi.
Mavzuga oid
11:20 / 22.11.2024
“Qani deputatlar, nega qaramayapti?” - propan narxidan haydovchilar xavotirda
12:00 / 25.10.2024
Saylov yaqin, partiyalar nimalarni va’da qiladi? – Kun debati
12:32 / 08.09.2024
“O‘zsuvta’minot” muhim eslatma bilan chiqdi
22:38 / 07.09.2024