Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Lloyd Ostin: AQSh NATO hududining har bir qarichini himoya qiladi
Qo‘shma Shtatlar NATO hududining «har bir qarichini, agar kerak bo‘lsa» himoya qilish majburiyatini tasdiqladi. Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin ma’lum qildi.
U bu haqda NATO yadroviy rejalashtirish guruhining bugun yopiq eshiklar ortida o‘tadigan muzokaralari arafasida alyansning Bryusseldagi sammitida aytib o‘tdi. Ostinning so‘zlari Reuters tomonidan keltirilgan.
Ukraina bilan urush paytida yadro qurolidan foydalanish tahdidi Vladimir Putin va Rossiya davlatining boshqa yuqori lavozimli amaldorlari tomonidan bir necha bor tilga olingan.
Bundan oldin Yyens Stoltenberg Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimini mustahkamlash NATO davlatlarining harbiy yordami uchun ustuvor vazifaga aylanishini ma’lum qilgandi.
Qayd etilishicha, Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlarini zudlik bilan yetkazib berish «shaharlar va mamlakatning ko‘p qismini tinch aholi o‘limi hamda muhim infratuzilmaning vayron bo‘lishiga olib kelayotgan dahshatli va pala-partish Rossiya zarbalaridan himoya qilishda» yordam berish uchun zarur.
NATO bosh kotibi Rossiyaning raketa hujumlarini Putinning muqobil variantlari tugab borayotganining belgisi deb atadi.
Avvalroq Litva Ukrainaning Shimoliy Atlantika alyansiga kirishini qo‘llab-quvvatlashi ma’lum qilingandi.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025