Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston jahon paxta tadqiqotlari konferensiyasiga mezbonlik qiladi
O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov boshchiligidagi delegatsiya Misrning Qohira shahrida bo‘lib o‘tgan Xalqaro paxta tadqiqotchilari assotsiatsiyasi ijroiya qo‘mitasi yig‘ilishida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Yig‘ilishda assotsiatsiya ijroiya qo‘mitasiga a’zolarni saylash va yo‘nalishlar bo‘yicha guruhlarni shakllantirishga oid munozaralar o‘tkazildi. Ibrohim Abdurahmonov Xalqaro paxta tadqiqotchilari assotsiatsiyasi maslahatchisi etib saylandi va xalqaro tashkilot doimiy a’zosi sifatida ovoz berish jarayonlarida ishtirok etdi.
Tadbirda Xalqaro paxta tadqiqotchilari assotsiatsiyasi navbatdagi 8-jahon paxta tadqiqotlari konferensiyasini o‘tkazish uchun talabgor davlatlar sifatida O‘zbekiston, Hindiston va Pokiston taqdimotlari o‘rganib chiqildi. Yakunda ijro qo‘mitasi a’zolari ushbu tadbirni 2024 yilda O‘zbekistonda o‘tkazilishini yoqladi.
O‘zbekiston delegatsiyasi Misr paxta arbitraji va sinovi bosh tashkiloti (CATGO) raisi Muhammad Xalil Xedr bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot natijasida tomonlar CATGO va O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi SIFAT paxta tolasini sertifikatlash markazi o‘rtasida aloqalarni o‘rnatish, tajriba almashish bo‘yicha onlayn muzokaralar tashkil etish, o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun CATGO o‘quv kurslarida ta’lim olish uchun grant ajratish bo‘yicha kelishuvlarga erishdi.
Mavzuga oid
14:55 / 27.05.2025
Paxta va g‘allachilikda yuqori ko‘rsatkichlarga ega sub’yektlar qo‘shimcha rag‘batlantiriladi
17:04 / 01.05.2025
AQSh O‘zbekiston paxta sanoatini moliyalashtirganini eshitgan Ilon Mask kulib yubordi
17:20 / 30.04.2025
O‘zMUdagi xalqaro konferensiyada O‘zbekistonning iqtisodiy o‘sishi muhokama qilindi
22:00 / 25.03.2025