Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Eron o‘rtasida viza jarayonini soddalashtirish to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi
13 oktyabrdan e’tiboran O‘zbekiston va Eron hukumatlari o‘rtasidagi ishbilarmon va ilmiy doiralar vakillari hamda sayyohlik guruhlar uchun viza jarayonlarini soddalashtirish to‘g‘risidagi bitim kuchga kirdi.
Bitim Eron prezidentining 14-16 sentabr kunlari O‘zbekistonga (Samarqand shahri) buyurgan rasmiy tashrifi doirasida imzolangan.
Hujjat 11 moddadan iborat bo‘lib, uning kuchga kirishi ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, turizm, fan va ilmiy faoliyat sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.
Hujjatda ikki davlat o‘rtasida bevosita sayyohlar almashuvini tashkil qilish, ishbilarmonlik va ilmiy sohadagi qo‘shma dastur va loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuv o‘z aksini topgan.
Mazkur hukumatlararo bitimni amalga oshirish uchun O‘zbekiston tomonidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mas’ul etib belgilangan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
19:28 / 26.05.2025