Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paxta terimi mavsumida 21 nafar mansabdor shaxsga ma’muriy jarima tayinlandi
Paxta terimi mavsumida mehnat qonunchiligini buzgan 21 nafar mansabdor shaxslarga ma’muriy jarima tayinlandi. Bu haqda Davlat mehnat inspeksiyasi bosh davlat mehnat huquq inspektori Gulruh Niyozmatova ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, Davlat mehnat inspeksiyasiga paxta mavsumida majburiy mehnat hamda mehnat huquqlari buzilishiga oid jami 64 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan, call markaz orqali - 40 ta, ijtimoiy tarmoqlar orqali - 23 ta hamda 1 ta yozma murojaatlar kelib tushgan.
O‘tkazilgan monitoringlar va murojaatlarni o‘rganish natijasida Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan mehnat qonunchiligini buzgani uchun 21 nafar mansabdor shaxslarga ma’muriy jarima tayinlangan.
Ta’kidlanishicha, 4 ta holatda mehnat shartnomasi tuzilmagani, 13 ta holatda mehnat sharoitlari yaratilmagani, 4 ta holatda terim pullari o‘z vaqtida to‘lamaslik faktlari aniqlanib, mansabdor shaxslar ma’muriy javobgarlikka tortilgan.
Mavzuga oid
14:55 / 27.05.2025
Paxta va g‘allachilikda yuqori ko‘rsatkichlarga ega sub’yektlar qo‘shimcha rag‘batlantiriladi
00:59 / 14.05.2025
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi
19:33 / 02.05.2025
TikTok Yevropada 530 mln yevro jarimaga tortildi
17:04 / 01.05.2025