Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat fuqarolik xizmatiga ochiq tanlov tizimi orqali qabul qilingan nomzodlar soni aytildi
41 158 nafar malakali nomzod davlat fuqarolik xizmatiga ochiq tanlov tizimi orqali qabul qilindi. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlari yagona ochiq portali — vacancy.argos.uz platformasiga respublikaning 70 dan ortiq vazirlik va idoralari, barcha tuman (shahar) hokimliklari ulangan.
Bugunga qadar mavjud vakant lavozimlar bo‘yicha jami 100 mingga yaqin tanlov e’lon qilinib, ushbu lavozimlarga jami 1 157 338 nafar nomzod hujjat topshirgan.
Tanlov g‘oliblarining 14 563 nafarini 30 yoshgacha bo‘lganlar, 14 341 nafarini ayollar, 6 603 nafarini davlat fuqarolik xizmatiga birinchi marotaba qabul qilinganlar tashkil etadi.
Mavzuga oid
16:43 / 29.04.2025
«Yil o‘qituvchisi» hamda «Kasbiy mahorat yetakchisi» tanlovlari o‘tkaziladi
12:27 / 12.04.2025
Yo‘l harakati sohasidagi ayrim davlat xizmatlari raqamlashtiriladi
12:28 / 11.04.2025
IMV davlat xizmatchilariga haq to‘lash tizimida kutilayotgan o‘zgarishlarga izoh berdi
19:09 / 10.04.2025