Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO yadroviy tiyib turish bo‘yicha mashg‘ulotlarga tayyorlanmoqda
17-30 oktyabr kunlari NATO yadroviy tiyib turish bo‘yicha Stadfast Steadfast Noon («Yengilmas peshin») mashg‘ulotlarini o‘tkazadi.
Shimoliy Atlantika alyansi rasmiy saytida ta’kidlanishicha, bular hozirgi jahon voqealari bilan bog‘liq bo‘lmagan rejalashtirilgan manyovrlardir. Ularning asosiy qismi Rossiyadan 1000 kilometrdan ortiq masofadan o‘tadi.
Mashg‘ulotlarda 14 davlat va 60 ta turli rusumdagi samolyotlar, jumladan yadroviy kallaklarni yetkazib berishga qodir qiruvchi samolyotlar, oddiy qiruvchi samolyotlar, razvedka samolyotlari va yonilg‘i bilan ta’minlovchi samolyotlar ishtirok etadi.
«O‘tgan yillardagi kabi Amerikaning uzoq masofaga uchuvchi V-52 bombardimonchi samolyotlari qatnashadi, ular bu yil Shimoliy Dakotadagi Minot aviabazasidan havoga ko‘tariladi. O‘quv parvozlari mezbon Belgiya, shuningdek, Shimoliy dengiz va Buyuk Britaniya ustida amalga oshiriladi. Hech qanday harbiy qurol ishlatilmaydi», - deyiladi NATO xabarida.
Bundan oldin Qo‘shma Shtatlar NATO hududining «har bir qarichini, agar kerak bo‘lsa» himoya qilish majburiyatini tasdiqlagandi. Bu haqda AQSh mudofaa vaziri Lloyd Ostin ma’lum qildi.
Ukraina bilan urush paytida yadro qurolidan foydalanish tahdidi Vladimir Putin va Rossiya davlatining boshqa yuqori lavozimli amaldorlari tomonidan bir necha bor tilga olingan.
Mavzuga oid
14:05 / 16.05.2025
Bloomberg: AQSh Rossiya-NATO kengashini qayta tiklashni taklif qildi
20:12 / 14.05.2025
AQSh Zelenskiyning NATO sammitiga taklif etilishiga qarshi - ANSA
21:39 / 28.04.2025
Rossiya Yevropa bilan chegaradagi harbiy qismlarini kengaytirmoqda
08:40 / 16.04.2025