Fan-texnika | 22:02 / 15.10.2022
69691
2 daqiqa o‘qiladi

Yer sayyorasi uchun eng xavfsiz smartfonlar nomi e’lon qilindi 

Amerikaning Apple kompaniyasi smartfonlari Yer sayyorasi uchun eng xavfsiz, Xitoyning OnePlus smartfonlari eng zararli deb topildi. 

Foto: EPA-EFE

Yer sayyorasidagi eng ekologik toza smartfonlarni aniqlash bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, Apple, Google va Sony kompaniyalari tomonidan ishlab chiqarilgan smartfonlar reytingda eng yuqori o‘rinlarni egalladi. Tadqiqotchilar yiliga kamida 1 million smartfon sotadigan kompaniyalar mahsulotlarini o‘rganishdi.  

Samsung kompaniyasi reytingda to‘rtinchi bo‘ldi, Motorola, Xiaomi va OnePlus kompaniyalari mahsulotlari eng quyi o‘rinlarni egalladi. 

Eng ekologik toza smartfonlarni ishlab chiqaruvchi kompaniyalar reytingi:

1.Apple

2.Google

3.Sony

4.Samsung

5.Vivo

6.Huawei

7.Oppo

8.Alcatel

9.Motorola

10.Xiaomi

11.OnePlus

2022 yilda Apple kompaniyasi issiqxona gazi chiqindilarini 2021 yilga nisbatan 9,96 foizga kamaytirdi. Samsung esa aksincha, xuddi shu vaqt ichida chiqindilar 13 foizga o‘sdi. 

Reyting quyidagi mezonlar asosida tuzildi:

• Issiqxona gazi chiqindilari miqdorining yil davomida o‘zgarishi;

• Uglerod neytrallik;

• Chiqindilar miqdorini nolga tushirish maqsadi;

• Plastmassadan foydalanishni kamaytirish;

• Qayta tiklanadigan energiyadan foydalanish;

• Qayta ishlangan chiqindilar ulushi;

• Qayta ishlash maqsadi;

• Qayta ishlangan materiallar ulushi;

• Qayta ishlangan smartfonlar soni. 

Mavzuga oid