Jahon | 20:42 / 16.10.2022
103891
2 daqiqa o‘qiladi

Putin Rossiyani tark etganlar ortga qaytgach ularga qanday chora ko‘rilishi haqida gapirdi

Putin safarbarlik e’lon qilinganidan keyin Rossiyani tark etgan fuqarolar haqida gapirdi.

Ostonada bo‘lib o‘tgan MDH davlatlari sammitidan so‘ng matbuot anjumanida jurnalistlardan biri Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinga safarbarlik e’lon qilingach Rossiyani tark etgan erkaklarga nisbatan qanday chora ko‘rilishi haqida savol berdi.

Jurnalist Rossiyada bundaylarni «sotqinlar» deb atashayotgani, ularning Rossiyada qolib ketgan avtomobillarini musodara qilish kerakligi haqida takliflar bildirilayotganini eslatib o‘tgan.

Putin 21 sentabrdan so‘ng mamlakatni tark etganlar borasida hissiyotlarga berilib emas, bu holatni yuridik jihatdan baholashni afzal bilishini ta’kidlab o‘tdi.

«Muayyan vaziyatda muayyan fuqaroning xatti-harakatlariga huquqiy baho berish lozim. Kimdir qo‘rqqanidan mamlakatni tark etishni istar, kimdir safarbarlikdan qochish uchun, kimdir yana boshqa sabablarga ko‘ra — har bir muayyan holatda huquqiy baho berish kerak. Va muayyan insonga nisbatan shu asosda harakat qilish kerak», — degan Putin.

Mavzuga oid