Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreyada tashqi ishlar vazirlari darajasida «Markaziy Osiyo – Koreya» forumi bo‘lib o‘tadi
Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari onlayn-muloqot o‘tkazdi.
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Siddiqov Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari onlayn amaliy uchrashuvida ishtirok etdi.
Uchrashuvda joriy yil 25 oktabr kuni Pusan shahrida (Koreya) tashqi ishlar vazirlari darajasida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo – Koreya Respublikasi” hamkorlik forumi bo‘lajak 15-yig‘ilishi kun tartibi, dasturi va tashkiliy masalalari kelishib olindi.
Ishtirokchilar shu yil o‘z 15 yilligini nishonlayotgan ushbu format doirasidagi o‘zaro hamkorlik darajasini yuqori baholadi.
Qayd etilganidek, Koreya va mintaqa davlatlari o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgani 30 yilligi arafasida bo‘lib o‘tadigan tashqi ishlar rahbarlari uchrashuvi tomonlar o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga qaratilgan muhim voqea bo‘ladi.
Mavzuga oid
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
13:10 / 05.05.2025
Samarqand BMTning Davlat xizmatlari forumini qabul qiladi
09:10 / 24.04.2025
Toshkentda Markaziy Osiyo va Ko‘rfaz arab davlatlari hamkorlik kengashi birinchi forumi o‘tkaziladi
09:33 / 04.04.2025