Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda fuqaroning montaj qilingan fotosuratlarini internetda tarqatish bilan qo‘rqitib pul talab qilgan ayol ushlandi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jizzax viloyati IIb axborot xizmatining xabar berishicha, Sharof Rashidov tumanida yashovchi shaxs joriy yil bahorda G‘allaorol tumanida ro‘yxatda turib, Zafarobod tumanida yashovchi ayol bilan tanishgan.
Ular iyul oyigacha yaqin aloqada bo‘lib kelishadi va keyin aloqalar uziladi. Biroz o‘tib ayol erkakka yana uchrashishni taklif qiladi. Rad javobini olgach qing‘ir ishga qo‘l uradi.
Ayol yigitning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasidan fotosuratlarini yuklab oladi va ularni montaj qiladi. So‘ng fotosuratlarni ijtimoiy tarmoqlarda tarqatish bilan qo‘rqitib, undan 5 million so‘m talab qiladi.
Shundan so‘ng erkak ichki ishlar organlariga murojaat qiladi. IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ayol erkakdan 5 million so‘mni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Jizzaxda tanish ayolning intim videosini ijtimoiy tarmoqlarda tarqatishini aytib pul olgan shaxslar ushlangandi.
Mavzuga oid
10:10 / 04.04.2025
Tasvirga olish uchun rozilik olish talabi OAV faoliyatiga qanday ta’sir qiladi? Adliya vazirligi izohi
11:42 / 23.01.2025
Mashhur oshxona brendlarini shantaj qilib, pul undirishda gumonlanayotgan 3 kishi qo‘lga olindi
21:36 / 13.06.2024
Qo‘ng‘irot tumani IIB boshlig‘i o‘rinbosari tovlamachilikda gumonlanib qo‘lga olindi
15:48 / 07.03.2024