Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ilk bor maktab o‘quvchilarining ruhiy xolatini o‘rganishga qaratilgan tadqiqot o‘tkazildi
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, o‘quvchilarning 15,4 foizi - o‘rtacha va o‘ta og‘ir xavotir holatida, 9,8 foizi - depressiyaga duch kelgani aniqlangan.
YUNISEF hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etgan ushbu tadqiqotda respublikaning 14 hududidagi 299 ta maktabning 22 854 nafar o‘quvchisi ishtirok etdi.
Tadqiqotda o‘spirinlarning ruhiy salomatligi va ruhiy-ijtimoiy holatiga ta’sir qiluvchi maktab bilan bog‘liq omillarni o‘rganish maqsad qilingan.
«O‘smirlik davri ruhiy salomatlikka ziyon yetkazuvchi omillar sababli alohida e’tiborni talab qiladi. Bu o‘smirlarning o‘rganish, qarorlar qabul qilish hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishlariga ta’sir etadi», – deydi YuNICEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Munir Mamedzade.
Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, 10 foizdan oshiq o‘quvchilar ijtimoiy bog‘liqlikni his etmaydi: har o‘n o‘quvchidan bittasi o‘zini maktab bilan bog‘lamaydi (8,7 foiz), undan ham ko‘prog‘i o‘zini maktabning bir qismi deb hisoblamaydi (13,1 foiz) yoki o‘zini sinfda yolg‘iz his qiladi (16,7 foiz).
Maktabdagi har 10 nafar bolaning ikkitasi jismoniy zo‘ravonlikka uchraydi. Shu sababdan maktabga borishdan qo‘rqadi. O‘quvchilarga professional psixologik yordam kerak. Ammo ularning atigi 17 foizi maktab psixologiga murojaat qiladi. Asosiy qismi ota-onasi, do‘stlari va yaqin qarindoshlaridan yordam kutishadi.
Mavzuga oid
23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi
13:18 / 12.05.2025
O‘zbekistonda tadqiqotlar uchun yalpi xarajatlar 4,5 trln so‘mni tashkil etdi
18:43 / 08.05.2025
Olimlar Yerda kislorod qachon yo‘q bo‘lib ketishini aniqladi
21:26 / 08.04.2025