Iqtisodiyot | 12:55 / 18.10.2022
41361
1 daqiqa o‘qiladi

Tijorat banklarida dollar kursi 11 200 so‘mga chiqdi

Foto: KUN.UZ

Martda 11 300 so‘mdan oshgan dollar kursi, may oyidan boshlab sekin-asta pasayish tendensiyasini ko‘rsatib kelayotgandi. 18 oktyabr 10:00 dan boshlab tijorat banklarida dollarning sotuv kursi 11 200 so‘mga chiqdi.

18 oktyabr holatiga ko‘ra, tijorat banklarida 1 AQSh dollarining sotuv kursi 11 200 so‘mga chiqdi.

Markaziy bank 17 oktyabrda e’lon qilgan valuta kurslari ma’lumotida dollar kursi 11 so‘mga oshib, 11 143 so‘mga yetgani aks etgandi.

Rasmiy kurs joriy yilning mart oyida keskin oshib, maksimal o‘sish nuqtasi 11 571 so‘m bo‘ldi.

May oyi o‘rtalariga kelib, kurs 11 200 so‘mdan pastlay boshladi va muntazam pasaya borish tendensiyasini ko‘rsatdi. Hatto iyul oyida kurs yil boshidagi 10, 800 so‘mlik ko‘rsatkichgacha tushdi.

10 oktyabrda dollar kursi yana 11 ming so‘mlik dovondan oshib o‘tdi va so‘nggi haftada 80 so‘mga qimmatladi.

Mavzuga oid