Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Indoneziya «O‘zbekiston+ziyorat» va «O‘zbekiston+Umra» qo‘shma turpaketlarini ishlab chiqadi
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov boshchiligidagi delegatsiya Indoneziyaga tashrifi davomida dunyodagi eng yirik musulmonlar tashkilotlaridan biri - «Naxdatul ulamo» raisi o‘rinbosari Nadxlatul Ulamo Zulfa Mustafo bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
«Nahdatul Ulamo» tashkiloti 1926 yilda tashkil etilgan. 2022 yil holatiga ko‘ra, tashkilot umumiy a’zolar soni 130 millionga yaqin. Uchrashuvda Zulfa Mustafo O‘zbekistonning islom sivilizatsiyasi shakllanishidagi o‘rni va ahamiyatini ta’kidladi. U O‘zbekiston boy tarixiy va madaniy merosi Indoneziya aholisi orasida hurmat va qiziqishga egaligini e’tirof etdi.
«Nahdatul Ulamo» ziyorat turizmini targ‘ib qilishdagi o‘rni va tashkilotga tegishli sayyohlik agentliklari orasida ushbu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgani mavjudligini hisobga olinib, «O‘zbekiston+ziyorat» va «O‘zbekiston+Umra» qo‘shma turpaketlarini ishlab chiqishda hamkorlikni faollashtirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Tomonlar «Nahdatul Ulamo» tashkiloti delegatsiyasining O‘zbekistonga safarini tashkil etish bo‘yicha bir to‘xtamga keldi.
Mavzuga oid
18:24 / 20.05.2025
Indoneziyada vulqon otildi, kul ustuni 5,5 km ga yetdi
20:51 / 12.05.2025
Indoneziyada eski o‘q-dorilarni utilizatsiya qilish vaqtida 13 kishi halok bo‘ldi
23:18 / 02.05.2025
Balida blekaut yuzaga keldi
22:01 / 23.04.2025