Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda hokim va prokurorlarning bloglaridan iborat portal ishga tushiriladi
O‘zbekistonning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan davlat organlari faoliyati shaffofligi va samaradorligini oshirish strategiyasini amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari, hokimlar, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda bosh prokuror va prokurorlarning bloglaridan iborat portal yaratish mo‘ljallanmoqda.
Bunda, yozma murojaatga javob xati yuborishning 15 kunlik muddatiga rioya qilmasdan, savollarga onlayn javoblarni tezkorlik bilan olish, portalda ko‘rib chiqish uchun savol-javoblarning mavjudligini ta’minlash rejalashtirilyapti.
Shuningdek, aholi, investorlar va xalqaro reyting agentliklarining davlat qarz majburiyatlari va fiskal xavflar to‘g‘risida haqqoniy axborotdan erkin foydalanishini ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Open budget platformasini takomillashtirish va unga barcha davlat organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shaharlar (tumanlar), xo‘jalik boshqaruvi organlarini integratsiyalash hamda alohida davlat organi nuqtayi nazaridan moliyaviy hisobot shaffofligi va ochiqligini ta’minlash ham mo‘ljallangan.
Mavzuga oid
09:52 / 28.02.2025
Guliston tumani hokimi o‘zgardi
15:39 / 24.02.2025
Oyoqosti bo‘lgan qonunlar va yo‘q qilingan yashil jamoat parki: “Ajdar yurak” hokimga chora ko‘riladimi?
09:49 / 15.02.2025
Hokimlar endi har oy tarbiyasi og‘ir yoshlar bilan uchrashadi
23:02 / 23.01.2025