Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Raqamli texnologiyalar va chet tilini o‘qitishga ixtisoslashtirilgan o‘quv markazi tashkil etiladi
“Raqamli texnologiyalar va chet tillarini o‘qitishga ixtisoslashtirilgan o‘quv markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qashqadaryo viloyati hokimligi, Xalq ta’limi vazirligi, Bojxona qo‘mitasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish agentligining:
Kitob tumanidagi “Barkamol avlod” bolalar maktabi huzurida davlat maktabdan tashqari ta’lim muassasasi shaklida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Raqamli texnologiyalar va chet tillarini o‘qitishga ixtisoslashtirilgan o‘quv markazini tashkil etish;
Qashqadaryo viloyati, Kitob tumani, Paxtakor ko‘chasi, 1-A-uy manzilida joylashgan mehribonlik uyi binosi maktabga operativ boshqaruv huquqi asosida o‘tkazib berish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanadi.
Quyidagilar markaz asosiy vazifalari etib belgilanadi:
- yoshlar va voyaga yetmaganlar uchun milliy kontentlarni rivojlantirish, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyatini oshirish;
- internet jahon axborot tarmog‘ining UZ domenida foydali ma’rifiy va mavzuli veb-resurslarni yaratish;
- milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar hamda axborot kommunikatsion dasturlar yaratish borasida ilg‘or xorijiy mamlakatlar tajribasini o‘rgatish va ular ijobiy jihatlarini milliy amaliyotga joriy etish;
- xorijiy tillar bo‘yicha filologlar, tarjimonlar va gid hamrohlarini tayyorlash;
- xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirish, til asosiy ko‘nikmalarini shakllantirish uchun videorolik, o‘yin, ko‘ngilochar ko‘rsatuv, filmlar va boshqa o‘rgatuvchi kontentlar orqali yoshlarga o‘rgatish;
- o‘sib kelayotgan yosh avlod o‘rtasida xorijiy tillarni o‘rganishni ommalashtirish, til bilish imkoniyatlarini targ‘ib qilish orqali xorijiy tillarni o‘rganishga qiziqish uyg‘otish;
- o‘quvchi-yoshlarda mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalarini, vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni shakllantirish, axborot makonidagi turli tahdidlarga nisbatan sog‘lom immunitetni hosil qilish.
Mavzuga oid
13:18 / 12.05.2025
O‘zbekistonda tadqiqotlar uchun yalpi xarajatlar 4,5 trln so‘mni tashkil etdi
10:29 / 29.03.2025
Nigeriyalik usta kartondan Lamborghini yasadi
15:24 / 28.03.2025
Xitoyda dunyodagi ilk birinchi yordam ko‘rsatuvchi robot taqdim etildi
11:19 / 24.03.2025