Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand va Yurmala o‘rtasida madaniy hamkorlik dasturi imzolanadi
Samarqand bilan birodarlashgan Yurmala shahrining meri G.Truksnis bilan uchrashuv tashkil etilgan edi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Bundan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston va Latviya o‘rtasida hududlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish, Latviya tashqi ishlar vaziri E.Rinkevichsning O‘zbekistonga joriy yil fevral oyi buyurgan tashrifi natijasida qabul qilingan “Yo‘l xaritasi” tegishli bandlari ijrosini ta’minlash bilan izohlanadi.
Bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘zaro hamkorlikka oid bir qator muhim masalalar atroflicha muhokama etildi.
17-21 oktabr kuni Yurmala shahri meri G.Truksnis boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish va “Samarqand kuni”ga bag‘ishlangan tantanali tadbirlarda ishtirok etishi ta’minlanishi, Samarqand shahri hokimi bilan muzokaralar o‘tkazish, o‘zaro hamkorlik, turizm sohasida aloqalar istiqbollarini muhokama qilish hamda Samarqand va Yurmala shaharlari o‘rtasida 2023 yilga mo‘ljallangan madaniy hamkorlik dasturini imzolash yuzasidan kelishuvlarga ham erishildi.
Mavzuga oid
15:43 / 01.05.2025
Madaniyat muassasalari xodimlarining maoshlari miqdori qayta ko‘rib chiqiladi
18:38 / 28.04.2025
Nomoddiy madaniy meros namunalarini ro‘yxatga kiritish bilan bog‘liq reglament tasdiqlandi
15:03 / 15.03.2025
Qoraqalpog‘istonda ilk bor Orol madaniyat sammiti o‘tkaziladi
16:54 / 12.02.2025