O‘zbekiston | 12:31 / 19.10.2022
26451
1 daqiqa o‘qiladi

Sherzod Asadov lavozimidan ketdi

Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Sherzod Ilhomovich Asadov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etildi. Bu haqda “Nigoh” Telegram-kanalida xabar qilindi.

Pillachilik va qorako‘lchilikni rivojlantirish qo‘mitasi 2020 yil sentabrda tashkil etilgan edi. O‘shanda qo‘mitaga Behzodjon Yusupov rais, Sherzod Asadov esa raisning birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlangan edi.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda respublika darajasidagi vazirliklar, qo‘mitalar va tashkilotlarda rahbarlik lavozimlarida ishlovchi amaldorlar tuman hokimlari etib tayinlanishi kuzatilmoqda. Asadovning yangi lavozimi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid