Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston maktablariga Hindistondan ingliz tili o‘qituvchilari jalb qilinishi mumkin
O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Dilshod Ahadov Haydarobod shahrida CfBT Education Service va Telangana Academy for Skill and Knowledge tashkilotlari rahbarlari bilan uchrashib, ta’lim yo‘nalishidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo”.
CfBT Education Service rahbari Neti Srinivas O‘zbekistonda zamonaviy darsliklarga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganish va bu borada hamkorlik qilish, tajribali mutaxassislar ishtirokida o‘quv kurslari tashkil qilishga tayyorligini bildirdi.
Telangana Academy for Skill and Knowledge kompaniyasi rahbari Srikant Sinxa kompaniya Hindiston bo‘ylab kasb kollejlari va maktab bitiruvchilari uchun alohida sanoat va ijtimoiy yo‘nalishlar bo‘yicha malaka oshirish kurslarini taqdim etib kelayotganini ma’lum qildi. Bu borada u o‘zbekistonlik yoshlar uchun tegishli yo‘nalishlarda kurslar tashkil qilish masalasini o‘rganib chiqishini bildirdi.
Uchrashuvlarda O‘zbekiston maktablariga malakali ingliz tili o‘qituvchilarini jalb qilish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Muzokaralar davomida joriy yil noyabr oyida mamlakatda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan YuNeSKO erta yoshdagi bolalarni tarbiyalash va ta’lim berish bo‘yicha II Butunjahon konferensiyasi haqida xorijiy hamkorlarga ma’lumot taqdim etildi.
Mavzuga oid
20:40 / 27.05.2025
Hindiston xususiy firmalarga zamonaviy qiruvchi samolyotlarini yig‘ishga ruxsat berdi
11:37 / 26.05.2025
Dehlida O‘zbekiston-Hindiston ta’lim forumi o‘tkazildi
21:17 / 23.05.2025
Hindistonda kuchli yomg‘ir oqibatida kamida 45 kishi halok bo‘ldi
21:32 / 21.05.2025