Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Ozarboyjon o‘rtasida yangi xalqaro bitim tasdiqlandi
Ozarboyjon bilan o‘simliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik qilinadi.
“Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston hamda Ozarboyjon hukumatlari o‘rtasida o‘simliklar karantini va himoyasi sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi.
Mazkur bitim 2022 yil 21 iyun kuni Toshkent shahrida imzolangan.
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi mazkur xalqaro shartnomani amalga oshirish yuzasidan mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.
Mavzuga oid
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
16:28 / 23.05.2025
Eron 2023 yilda Ozarboyjon elchixonasiga hujum qilgan erkakni qatl qildi
21:12 / 07.05.2025
Ilhom Aliyev 9 may kuni Moskvadagi paradga borishdan bosh tortdi
21:04 / 02.05.2025