O‘zbekiston | 12:55 / 20.10.2022
11932
4 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda birinchi mikroto‘lqinli ablyatsiya usulida operatsiya o‘tkazildi

Bugun dunyoda 665 mln odam bo‘qoq va qalqonsimon bez kasalliklaridan aziyat chekyapti. Bo‘qoqning nafas olish, oshqozon ichak faoliyati, asab tizimiga katta zarar yetkazgani tufayli og‘ir operatsiya yordamida davolashga harakat qilingan. Tibbiyot mutaxassislari bo‘qoqdan xalos bo‘lishning yengil, samarali va zamonaviy usullarini o‘ylab topishyapti.

Ana shunday samarali davolash usuli bo‘lgan mikroto‘lqinli ablyatsiya usulidagi operatsiya Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy amaliy tibbiyot markazida o‘tkazildi. O‘zbekistonlik bir guruh shifokorlar xorijda bu amaliyot yuzasidan tajriba orttirib qaytishdi.

Bu operatsiya onco.uz jamoasi homiyligida nafaqat O‘zbekistonda, balki MDH davlatlarida birinchi marta bo‘lib o‘tdi. Shu munosabat bilan operatsiya oldidan o‘tkazilgan konferensiyada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Turkiyadan kelgan onkologiya sohasidagi mutaxassislar  ishtirok etishdi. Shundan so‘ng ishtirokchilar uchun Minimal invaziv qalqonsimon terapiya bo‘yicha Yevropa tashkiloti vitse-prezidenti professor Bulent Chekich tomonidan operatsiya amalga oshirildi. Shu kunning o‘zida qalqonsimon bez o‘smasi tashxisi qo‘yilgan 10 nafar bemorlar professor tomonidan o‘smadan xalos bo‘lishdi. Amaliyot Xitoyning ECO Microwave kompaniyasiga tegishli SABERWAVE 200G qurilmasi yordamida amalga oshirildi.

Mikroto‘lqinli ablyatsiya yo‘li bilan o‘smalardan xalos bo‘lish nimasi bilan samarali degan savol tug‘ilishi tabiiy.

  • mazkur operatsiya 10 daqiqa davom etadi;
  • protsedura tugagandan keyin bemor bemalol uyiga ketishi mumkin;
  • ortiqcha muolajalar va dorilar ichish tavsiya etilmaydi;
  • yo‘qotilgan o‘sma boshqa tiklanmaydi;
  • terida chandiqlar qolmaydi.

 “Amaliyotning yaxshi tomonlaridan biri jarohatsiz amalga oshiriladi. Qalqonsimon bez inson uchun muhim. Chunki u garmonlarni ishlab chiqaradi. Amaliyotdan yarim soat o‘tib bemor shifoxonadan chiqishi mumkin.

Bu amaliyotni biz O‘zbekistonda ilk marta qilib ko‘ryapmiz. 

5 nafar shifokor shifoxonamizga borib, bu amaliyot jarayonini borib, o‘rganib kelishdi. Ular 20ta jarrohlik amaliyotida ishtirok etishdi. O‘rganganlarini O‘zbekistonda ham qo‘llay oladilar deb o‘ylayman”, - deydi turkiyalik professor Bulent Chekich.

Yangi usuldagi operatsiyani o‘z boshidan kechirgan bemorlardan biri o‘z taassurotlarini gapirib berdi:

“Juda ko‘p yillardan beri qiynalardim bo‘qoq tufayli. Jarrohlik yo‘li bilan qilinadigan operatsiyadan qo‘rqdim to‘g‘risini aytsam. Keyin shifokorlar yangicha usul bilan operatsiya qilish mumkinligini aytishdi. Og‘riqlarni sezmadim, mana bemalol gaplasha olyapman. Operatsiya vaqti 7 yoki 10 daqiqada bo‘lib o‘tdi”.

Ayni vaqtda markazda suyak saratoni, jigar saratoni va miomalarni davolashda ham mikroto‘lqinli ablyatsiya usulidan foydalanish yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari oyoq varikozi, buyrak o‘smasi, ko‘krak va bachadondagi o‘smalarni shu usulda davolash rejalashtirilgan. Mazkur amaliyotni butun respublika bo‘ylab yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.

Agar sizni shunday o‘sma kasalliklari bezovta qilayotgan bo‘lsa Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi (avvalgi “Semashko” klinikasi)ga murojaat qilishingiz mumkin.

Mutaxassis bilan bog‘lanish uchun:

+(99890) 943-48-36 

+99890-318-06-17

Reklama