Rossiya qiruvchisi Qora dengizda Britaniya razvedkachi samolyotiga raketa uchirgani ma’lum bo‘ldi
Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ben Uolles parlamentdagi chiqishida aytishicha, rossiyaliklarning Su-27 qiruvchi samolyoti britanlarning Qora dengiz ustidagi xalqaro havo kengligida harakat qilgan Boeing RC-135 razvedkachi samolyotiga yaqinlashib raketa uchirgan.
Uollesning so‘zlariga ko‘ra, hodisa 29 sentabr kuni sodir bo‘lgan, vazir parlamentariylarga bu hodisa qasddan eskalatsiya yuzaga keltirish sifatida ko‘rib chiqilmaganini aytgan.
«Biz buni Rossiya tomonidan qasddan eskalatsiya sodir etish deb hisoblamaymiz. Bizning tahlillarimiz bu texnik nosozlik oqibatida ro‘y berganini ko‘rsatdi», - degan Uolles.
«Ammo bu qiruvchilar bunday holatda qo‘llanishi qanchalik xavfli bo‘lishini eslatib turadi, ruslar esa uzoq vaqtdan buyon shu ishni qilib kelishadi», - deya qayd etgan mudofaa vaziri.
Britaniya mudofaa idorasi rahbari shundan so‘ng Buyuk Britaniya o‘z samolyotlarining ushbu hududdagi parvozlarini vaqtincha to‘xtatgani va Rossiya mudofaa vazirligiga, jumladan shaxsan Sergey Shoyguga o‘z xavotirini bildirganini aytgan.
Uollesning aytishicha, Rossiya mudofaa vazirligi raketa texnik nosozlik oqibatida uchirib yuborilganini bildirgan.
«Rossiya mudofaa vazirining 10 oktyabr kuni olingan javobida ular hodisa tafsilotlarini tergov qilishgani va Su-27 qiruvchisida texnik nosozlik aniqlangani aytilgan. Ular shuningdek hodisa xalqaro havo kengliklarida ro‘y berganini tan olishgan», - degan Uolles.
Vazirning aytishicha, hozirda Buyuk Britaniya ushbu hududda razvedka parvozlarini tiklagan, ammo endilikda razvedkachi samolyotlarga qiruvchi samolyotlar hamrohlik qilmoqda.
Rossiya mudofaa vazirligi bu hodisa yuzasidan hozircha o‘z bayonotini bermadi.
Britaniya va Rossiya harbiy samolyotlari ko‘pincha Buyuk Britaniya qirg‘oqlari yaqinida bir-biriga yaqin keladi.
Independent gazetasi hisoblariga ko‘ra, 2005 yildan 2022 yil fevraliga qadar britanlarning qiruvchi samolyotlari 136 marta rossiyaliklar samolyotlari yo‘lini to‘sib chiqqan.
Buyuk Britaniya va NATOning boshqa mamlakatlari razvedka samolyotlari muntazam ravishda Ukraina atrofidagi havo kengligida navbatchilik qiladi.
Ben Uolles parlamentariylarga uning yaqinda Vashingtonga tashrifi hech qanday tashvish uyg‘otmasligi kerakligini aytdi.
«Men Pentagonga, Davlat departamentiga bordim, milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi bilan uchrashdim, boshqa uchrashuvlar o‘tkazdim va favqulodda vaziyatlarni rejalashtirish jarayoni haqida umumiy tushunchaga ega ekanimga ishonch hosil qildim... Menimcha, bu hech qanaqasiga odamlarni qo‘rqitmasligi kerak», degan Uolles.
Mavzuga oid
20:19 / 26.11.2024
Britaniyada dunyodagi eng keksa erkak vafot etdi
19:07 / 26.11.2024
Ukraina armiyasiga yollangan britaniyalik Rossiyada asirlikka tushdi
17:39 / 26.11.2024
Bloomberg: Buyuk Britaniya bir necha hafta oldin Ukrainaga o‘nlab Storm Shadow raketalarini yetkazgan
00:44 / 26.11.2024