Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirziyoyev va Berdimuhamedov O‘zbekiston-Turkmaniston Chegaraoldi savdo zonasi qurilishini boshlab beradi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida kengaytirilgan tarkibda muzokara o‘tkazdi.
Shavkat Mirziyoyev ikki davlat o‘rtasida o‘rtasida ko‘p qirrali va o‘zaro manfaatli hamkorlik barcha yo‘nalishlarda kengayib borayotganini qayd etgan.
«Ming yillar davomida o‘zbek va turkman xalqlari yonma-yon yashab, bir-biriga tayanch bo‘lib kelganlar», - deya Shavkat Mirziyoyevning so‘zlarini keltirmoqda prezident matbuot xizmati.
Ma’lum qilinishicha, so‘nggi oylarda davlat rahbarlari turli tadbirlar doirasida oltinchi marta uchrashmoqda. Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Milliy Kengashi Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov ikki mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikning mustahkam poydevorini shakllantirishga qo‘shgan hissani ham qayd etgan.

«Iqtisodiyot ikki tomonlama munosabatlarning yetakchi kuchi bo‘lib xizmat qilayotgani, mamlakatlarimizning ulkan salohiyatini ishga solish uchun ko‘proq harakat qilish zarurligi ta’kidlandi. Keyingi yillarda o‘zaro savdo jadal sur’atda oshib bormoqda.
O‘zbekiston-Turkmaniston Chegaraoldi savdo zonasi ishbilarmon doiralar o‘rtasidagi aloqalarni yanada kengaytirish, hududlarda yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilishi qayd etildi. Bugun davlat rahbarlari ushbu zonaning qurilishini boshlab beradi», - deyiladi xabarda.
Shuningdek, uchrashuvda sanoat, energetika, kimyo tarmog‘i va qishloq xo‘jaligi kabi ustuvor tarmoqlarda yangi loyihalarni jadallashtirishga, «Sharq - G‘arb» va «Shimol - Janub» yo‘nalishlarida, shu jumladan Turkmanboshi porti imkoniyatlaridan foydalangan holda transport yo‘laklarini faol rivojlantirishga kelishildi.
Ma’lum qilinishicha, 2023 yilda ikkala mamlakatda barcha viloyatlar ishtirokida Madaniyat va kino kunlari, yoshlar festivallari o‘tkaziladi. Belgilangan maqsadlarga erishishda Strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiyaning imzolanishi muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
- Birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlashga, ikki mamlakatning ravnaqiga xizmat qilishiga ishonamiz, - degan O‘zbekiston yetakchisi muzokaralar yakunida.
Mavzuga oid
14:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi
17:26 / 29.04.2025
Turkmaniston prezidenti Ochilboy Ramatov bilan uchrashdi
18:14 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi
14:31 / 24.04.2025