Moskva sudi Marina Ovsyannikovani sirtdan hibsga oldi
Birinchi kanalning sobiq muharriri Moskvada sirtdan hibsga olindi. Rossiya armiyasi haqidagi «feyklar»da ayblangan Marina Ovsyannikova uy qamog‘idan qochgan va advokatiga ko‘ra, Yevropada.
Rossiya armiyasi haqida «feyk xabarlar» tarqatishda ayblanayotgan Birinchi kanalning sobiq muharriri Marina Ovsyannikova Moskvaning Basmanniy sudi tomonidan tergov talabi bilan sirtdan hibsga olindi.
«Ovsyannikovaga nisbatan sud ayblanuvchi Rossiya hududiga ekstraditsiya qilingan paytdan boshlab yoki Rossiya hududida qo‘lga olingan paytdan boshlab muddatni hisoblab, bir oy 29 kun muddatga qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini tanladi», — deya 20 oktyabr, payshanba kuni sud xabaridan iqtibos keltirgan Interfaks agentligi.
Oktabr oyi boshida xuddi shu Basmanniy sudi tergovning Ovsyannikovaga nisbatan ehtiyot chorasini uy qamog‘idan hibsga olishga o‘zgartirish haqidagi iltimosnomasini rad etdi.
14 mart kuni Birinchi kanalda muharrir bo‘lib ishlagan Marina Ovsyannikova urushga qarshilik ko‘rsatish chaqiriqlari bilan video yozib olgandan so‘ng, urushga qarshi plakat bilan kechki yangiliklarda jonli efirga chiqib ketdi. U qo‘lga olindi va ma’muriy jarimaga tortildi. Keyin Ovsyannikova yana ikki marta jarimaga tortildi: Ilya Yashin ishi bo‘yicha sud binosida nutq so‘zlagani va Facebook'dagi posti uchun.
Yozda «Putin - qotil, uning askarlari - fashistlar. 352 bola halok bo‘ldi. Siz to‘xtashingiz uchun yana qancha bolalar o‘lishi kerak?» degan plakat yozilgan yakka piket tufayli Rossiya armiyasiga oid «feyklar» bo‘yicha jurnalistga nisbatan ish ochilgan edi. Sud unga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida uy qamog‘ini tayinladi.
Oktabr oyida Ovsyannikovaning sobiq turmush o‘rtog‘i u 11 yoshli qizi bilan uy qamog‘idan qochib ketganini, Ichki ishlar vazirligi jurnalistni qidiruvga berganini aytdi. 17 oktyabr kuni jurnalistning advokati u Yevropaga jo‘nab ketgani va «Yevropa davlatlaridan biri himoyasida» ekanini ma’lum qildi. Xuddi shu kuni Basmanniy sudi Ovsyannikovaning onalik huquqlarini cheklab, unga sobiq eriga ikki bolani boqish uchun oyiga 35 ming, o‘g‘li voyaga yetganidan keyin esa - 17 ming rubl to‘lash majburiyatini yukladi.
Mavzuga oid
19:24 / 27.10.2024
Moskvada xorijlik migrantlar uchun patent narxi qariyb 20 foizga oshadi
12:56 / 25.10.2024
Germaniyaning Moskvadagi elchisi RF TIVga chaqirildi
12:12 / 28.09.2024
Moskvada 72 yoshli amerikalik yollanma faoliyat uchun sudlanmoqda
20:08 / 25.09.2024