Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Turkmanistonga tashrif – rasmiy Toshkentning mintaqadagi pozitsiyasi kuchayayotganiga dalildir» – ozarboyjonlik siyosatshunos
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkmanistonga tashrifi – rasmiy Toshkentning Markaziy Osiyo mintaqasidagi pozitsiyasi kuchayib borayotganiga dalildir. Shuningdek, bu – mamlakat tashqi siyosati samarasining namoyon bo‘lishi hamdir, deydi Ozarboyjondagi «Janubiy Kavkaz» siyosatchilar klubi rahbari Ilgar Valizoda.
«Aytish kerakki, mazkur jarayonda aynan O‘zbekiston tomoni tashabbuskorlik ko‘rsatmoqda. O‘zbekiston prezidenti so‘nggi bir yil davomida 2021 yil dekabr oyini ham hisobga olsak, rasmiy tashrif bilan Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmanistonda bo‘ldi. Shu bilan birga, joriy yilda Tojikiston, Turkmaniston yetakchilari Toshkentga rasmiy tashrif bilan keldilar. Bu hisobga hali barcha qo‘shni mamlakatlar rahbarlari ishtirok etgan Samarqanddagi ShHT sammiti kiritilmadi. Qolaversa, O‘zbekiston ikki yil ichida mintaqadagi barcha davlatlar bilan ikki tomonlama munosabatlar bazasini sezilarli darajada yangiladi va takomillashtirdi».
Siyosatshunosga ko‘ra, ushbu tashrif ikki tomonlama aloqalarga kuch bag‘ishlaydi va Markaziy Osiyo mintaqasidagi muloqot jarayonlarining rivojiga hissa qo‘shadi.
«Ikki mamlakat o‘rtasidagi tovar aylanmasi barqaror o‘sib borayotgani va o‘tgan yili 1 milliard dollarga yaqinlashganini qayd etishning o‘zi yetarli. Tomonlar yaqin yillar ichida ushbu raqamning ikki baravar ko‘payishini hamda tovar aylanmasi tarkibi sifat jihatdan yanada yaxshilanishini kutmoqda», - deydi Ilgar Valizoda.
Mavzuga oid
14:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi
17:26 / 29.04.2025
Turkmaniston prezidenti Ochilboy Ramatov bilan uchrashdi
18:14 / 24.04.2025
Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov birgalikda daraxt ekib, «Zamonlar sadosi» ko‘rgazmasi bilan tanishdi
14:31 / 24.04.2025