Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada shu paytgacha fanga noma’lum bo‘lgan baliq turi kashf etildi
Yangi aniqlangan baliq turi So‘x daryosi hududidan topilgan. Kashfiyot mualliflarining aytishicha, uni aniqlashga 2 yil ketgan.
Farg‘ona davlat universiteti Zoologiya va umumiy biologiya kafedrasi mudiri Baxtiyor Sheraliyevning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, o‘zbekistonlik va xitoylik ixtiolog olimlar jamoasi Qirg‘izistondagi Farg‘ona viloyatiga qarashli So‘x eksklavidan oqib o‘tuvchi So‘x daryosidan shu vaqtgacha fanga noma’lum bo‘lgan yangi baliq turini kashf etishgan.
Yangi kashf etilgan baliq turiga So‘x yalangbalig‘i – Triplophysa daryoae deb nom berilgan. Yalangbaliqlarning Triplophysa urug‘i vakillari Osiyo qit’asi suv havzalarida uchraydigan 160dan ortiq baliq turini o‘z ichiga oladi. Ushbu baliqlarning 10 ga yaqin vakili Markaziy Osiyoda qayd etilgan.
Kashfiyot haqida xalqaro Zookeys ilmiy jurnalida ham e’lon qilingan.
“Avvalo So‘x daryosi ixtiologik nuqtai nazardan tadqiq etilmaganligi, qolaversa yangi turning undan avvalgi kashf etilgan yalangbaliq turlariga tashqi tomondan ancha o‘xshashligi uning olimlar nazaridan uzoq vaqt chetda qolishiga sabab bo‘lgan. Bizning so‘nggi 2 yil davomida olib borgan chuqur tekshirishlarimiz natijasida bu baliq avval kashf etilmagan tur ekanligi ma’lum bo‘ldi”, – deydi tur mualliflaridan biri Baxtiyor Sheraliyev.
Tadqiqotchilar kuzatuviga ko‘ra, O‘zbekistonning tog‘li mintaqalaridagi kichik daryolar faunasi hamon chuqur o‘rganilmagan va u yerda o‘zining kashf etilishini kutayotgan ko‘plab turlar bo‘lishi mumkin. Bu – Markaziy Osiyodagi turlar xilma-xilligi olimlar avval o‘ylaganidan ham rang-barang ekanligini ko‘rsatadi.
Mavzuga oid
17:13 / 13.05.2025
Zarafshon daryosidan elektr toki yordamida baliq ovlagan shaxslar ozodlikdan mahrum qilindi
12:33 / 03.04.2025
Qoraqalpog‘istonda noqonuniy baliq ovlash natijasida 750 mln so‘m zarar yetkazildi
16:25 / 06.03.2025
Toshkent viloyatida taqiqlangan ov quroli bilan baliq ovlagan shaxs aniqlandi
14:27 / 25.01.2025