Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvoni ta’sis etiladi
“O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi e’lon qilindi.
Loyihada tadbirkorlarga motivatsiya berish uchun ularni taqdirlash tizimini joriy etish, turli sohalarda yuqori natijalarga erishib kelayotgan biznes vakillarini taqdirlash uchun alohida davlat mukofotini ta’sis etish nazarda tutilgan.
Xususan, loyiha bilan “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor” faxriy unvonini ta’sis etish taklif etilmoqda.
Hujjat ish o‘rni yaratish, innovatsiyalar joriy qilish, soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash, eksport qilish va yetuk mutaxassislar tayyorlashda barchaga namuna bo‘ladigan hamda jamiyat hayotining turli sohalarida yuqori natijalarga erishib kelayotgan biznes vakillarini tizimli taqdirlash imkonini beradi.
Shu bilan birga, tadbirkorlar mamlakat taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissasiga e’tiborni qaratish va baholash, katta yutuqlarga erishgan va jamiyat ijtimoiy muammolarini hal etishda faol ishtirok etayotgan tadbirkorlarni aniqlash hamda taqdirlash, aholini, yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb qilish va biznesga qiziqishni yuksaltirish maqsadiga erishiladi.
Prezidentning “Faxriy unvonlar uchun to‘lovlar miqdorini oshirish to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq “Xizmat ko‘rsatgan” faxriy unvoni egalariga har oyda bazaviy hisoblash miqdori 1,6 baravari miqdorida to‘lovlar amalga oshirilishi belgilangan.
Mavzuga oid
14:57 / 23.11.2024
Zelenskiy Medvedchuk, Baskov va Kirkorovni davlat mukofotlaridan mahrum qildi
14:25 / 05.09.2024
Qirg‘iziston filarmoniyasi orkestri rahbariga «O‘zbekiston xalq artisti» unvoni berildi
07:30 / 04.09.2024
«O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan tadbirkor» faxriy unvoni ta’sis etildi
10:41 / 22.08.2024