O‘zbekiston | 10:41 / 22.10.2022
3544
3 daqiqa o‘qiladi

Oziq-ovqat sanoatida palma yog‘idan foydalanish tartibga solinadi - Hukumat qarori loyihasi

Foto: panthermedia/vostock-photo

“Oziq-ovqat sanoatida palma yog‘idan foydalanishni tartibga solish va aholini sifatsiz o‘simlik moylarini iste’mol qilishdan himoya qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi e’lon qilindi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati:

O‘zbekistonga olib kirilayotgan palma yog‘iga hamda tarkibida palma yog‘i va yog‘ kislotalari trans izomerlari mavjud bo‘lgan mahsulotlarga sanitariya-epidemiologik xulosa rasmiylashtirish davomida sinov laboratoriyalarida palma moyi va uning fraksiyalarini amaldagi texnik reglament va standartlarga asosan sinovdan o‘tkazishni yo‘lga qo‘yadi;

laboratoriyalarni palma yog‘i va uning fraksiyalarini amaldagi texnik reglament va standartlarga asosan sinovdan o‘tkazish uchun zarur asbob-uskunalar bilan ta’minlash, tekshirish usullarini joriy qilish va akkreditatsiya doirasini kengaytirish choralarini ko‘radi.

Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati respublikaga olib kiriladigan, realizatsiya qilinadigan palma yog‘i ustidan belgilangan tartibda samarali nazoratni yo‘lga qo‘yadi.

Davlat soliq qo‘mitasi palma yog‘i va uning fraksiyalarini identifikatsiya vositalari bilan majburiy raqamli markirovkalash talabi joriy qilinadigan mahsulotlar ro‘yxatiga kiritish hamda majburiy markirovkalash tizimini samarali joriy qilish bo‘yicha taklif kiritadi.

2022-2023 yillar davomida Sog‘liqni saqlash vazirligi, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, manfaatdor vazirlik va idoralar quyidagilar bo‘yicha ilmiy loyihalarni tanlovlar asosida shakllantiradi:

  • palma yog‘ining oziq-ovqat mahsulotlari sifati va xavfsizligiga ta’sirini o‘rganish;
  • nosog‘lom ovqatlanish tufayli yuzaga keladigan yuqumli bo‘lmagan kasalliklar oldini olish;
  • tarkibida palma yog‘i va yog‘ kislotalari trans izomerlari mavjud bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilishning ruxsat etilgan me’yorlarini belgilash;
  • profilaktik xususiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlari texnologiyalarini ishlab chiqish.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid