Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Termizdagi aeroport orqali amalga oshiriladigan parvozlar Qarshidagi aeroportga ko‘chiriladi
Termiz xalqaro aeroporti faoliyati 25 dekabrgacha to‘xtatilgan.
Termiz xalqaro aeroporti orqali amalga oshiriladigan parvozlar Qarshi xalqaro aeroportiga ko‘chiriladi.
Uzbekistan Airways matbuot xizmatining bildirishicha, 1 noyabrdan 25 dekabrga qadar Uzbekistan Airways’ning HY-065/066 va HY-069/070 Toshkent—Termiz—Toshkent, HY-609/610 Termiz—Moskva—Termiz, HY-711/712 Termiz—Sankt-Peterburg—Termiz aviaqatnovlarining yetib kelishi va jo‘nab ketishi Qarshi xalqaro aeroportidan va yangi jadvalga asosan amalga oshiriladi.
Aeroport yangi aerodrom majmuasini foydalanishga topshirishga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan yopiladi.
Bundan oldinroq Termiz xalqaro aeroporti faoliyati 25 dekabrgacha to‘xtatilishi haqida xabar berilgan edi.
Mavzuga oid
13:28 / 10.12.2024
Uzbekistan Airways talabalar uchun chiptalarga chegirma e’lon qildi
23:39 / 30.11.2024
Uzbekistan Airways to‘qqiz oyda 477,1 mlrd so‘m sof foyda ko‘rdi
21:14 / 29.11.2024
Toshkent va Lohur o‘rtasida aviaqatnov yo‘lga qo‘yildi
21:10 / 10.11.2024