Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endilikda maktablarda o‘zbek imo-ishora tili va Brayl alifbosini o‘rgatish boshlanadi
Prezidentning tegishli qarori bilan 2023 yil 1 yanvardan maktablar hamda “Ishga marhamat” monomarkazlarida o‘zbek imo-ishora tili va Brayl alifbosini o‘rgatish bo‘yicha maxsus o‘quv kurslari tashkil etiladi. Adliya vazirligining xabar berishicha, bu o‘quv kurslari hamma uchun ham bepul emas.
Ta’kidlanishicha, qo‘shimcha maxsus darslar ko‘rish, eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxslar, ushbu toifadagi voyaga yetmagan bolalarning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchilar – bepul, qolgan shaxslar – pulli bo‘ladi.
Shuningdek, xuddi shu vaqtdan boshlab davlat telekanallarida haftalik efir vaqtining kamida besh foiz hajmidagi ko‘rsatuvlar surdotarjima, yashirin subtitrlar yoki “yuguruvchi satrlar” bilan namoyish etiladi.
2024/2025 o‘quv yilidan boshlab kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarining o‘qituvchi lavozimiga imo-ishora tilini biladigan pedagog kadrlar ishga qabul qilinadi.
2023/2024 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat kvotasida surdopedagogika va tiflopedagogika yo‘nalishlari bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari 25 foizga oshiriladi.
2023 yildan boshlab har yili sentabr oyida “Imo-ishora tili bo‘yicha eng yaxshi tarjimon” tanlovi o‘tkaziladi va tanlov g‘oliblari quyidagicha tartibda pul mukofotlari bilan rag‘batlantiriladi:
• 1-o‘rin uchun – BHMning 100 baravari;
• 2-o‘rin uchun – BHMning 65 baravari;
• 3-o‘rin uchun – BHMning 50 baravari.
Qarorga ko‘ra, o‘zbek imo-ishora tili va Brayl alifbosini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlaridan biri etib o‘zbek imo-ishora tilini yanada rivojlantirish va uning huquqiy maqomini oshirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, undan muloqot vositasi sifatida foydalanishni rag‘batlantirib borish belgilangan.
Mavzuga oid
18:53 / 18.04.2023
«Achinarli va uyatli» - vazir Surxondaryoda ayol o‘qituvchilar kaltaklanishi haqida
15:26 / 17.04.2023
Makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti va Biznes oliy maktabi tuzilmalari tasdiqlandi
15:51 / 14.04.2023
Bektemirdagi maktabda o‘quvchi o‘zini 3-qavatdan pastga tashladi
17:16 / 12.04.2023