Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kiyev BMT va AEXA monitoring missiyalarini taklif qildi
Moskvaning «bomba»dan foydalanishga tayyorgarlik ko‘rish haqidagi ayblovlariga javoban Ukraina vaziyatni kuzatish uchun xalqaro missiyalarni taklif qilmoqda.
«Ukraina armiyasi har kuni yerimizni ruslardan ozod qilyapti. «Bomba» haqidagi fikr bizda nafrat tuyg‘ularini uyg‘otmoqda. Biz BMT va AEXA monitoring missiyalarini Ukrainaga tashrif buyurishga taklif qilamiz. Dunyo Rossiyaning yadroviy shantajiga javob berishi kerak. Biz Budapesht memorandumining 4-bandi talablariga rioya etishni talab qilamiz», — deb yozdi Ukraina mudofaa vaziri Oleksiy Reznikov Twitter'da.
Bundan oldin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Moskvaning oziq-ovqat inqirozini kuchaytirishga urinishlari yer yuzidagi har bir insonga nisbatan tajovuz ekanini aytgandi.
«Dushman oziq-ovqat eksportimizni sekinlashtirish uchun hamma narsani qilmoqda. Menimcha, Rossiya bu harakatlari bilan oziq-ovqat inqirozini ataylab kuchaytirmoqda, u esa joriy yilning birinchi yarmidagidek keskinlashishi mumkin», - dedi Zelenskiy.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bugungi kunda Ukraina qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma majburiyatlarini bajarish uchun 150 dan ortiq kemalar navbatda turibdi.
Mavzuga oid
08:50 / 24.05.2025
Kiyev va mintaqaga tungi hujum: jabrlanganlar bor
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025