Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
NATO bosh kotibi Rossiyaning «iflos bomba» haqidagi ayblovlarini qoraladi
NATO davlatlari Rossiyaning Ukraina o‘z hududida «iflos bomba» qo‘llashga tayyorlanayotgani haqidagi da’volarini rad etadi, dedi NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg bu masalani AQSh va Britaniya mudofaa vazirlari Lloyd Ostin hamda Ben Uolles bilan muhokama qilar ekan.
Rossiya Federatsiyasi o‘z bayonotlarini eskalatsiya uchun bahona sifatida ishlata olmaydi, deya alohida ta’kidlab o‘tdi NATO bosh kotibi.
Alyans Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda sobit, deya qo‘shimcha qildi Stoltenberg.
Bundan oldin Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoyguning Kiyevga nisbatan Ukrainada «bomba»ni portlatish rejalarida ayblaganini «xavfli yolg‘on» deb atagandi.
«Rossiyaning Ukraina go‘yoki bombadan foydalanishni rejalashtirayotgani haqidagi yolg‘onlari bema’nilik bilan bir qatorda, xavfli hamdir. Birinchidan, Ukraina yadro qurollarini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnoma ishtirokchisi hisoblanadi va unga sodiqdir: bizda «bombalar» yo‘q. Ikkinchidan, ruslar ko‘pincha o‘zlari rejalashtirgan narsada boshqalarni ayblaydilar», deb yozadi Kuleba.
Ukraina Tashqi ishlar vazirligi AEXAni Rossiya «bomba» – faraziy radiologik qurol tayyorlayotganini da’vo qilayotgan Jyeltiye Vodi va Kiyevdagi obektlarga tashrif buyurishga chaqirdi.
Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) Rossiya «bomba qo‘llash orqali ehtimoliy provokatsiyalar uyushtirish»da ayblagan Ukrainaga ekspertlarini yuboradi.
Mavzuga oid
14:05 / 16.05.2025
Bloomberg: AQSh Rossiya-NATO kengashini qayta tiklashni taklif qildi
20:12 / 14.05.2025
AQSh Zelenskiyning NATO sammitiga taklif etilishiga qarshi - ANSA
21:39 / 28.04.2025
Rossiya Yevropa bilan chegaradagi harbiy qismlarini kengaytirmoqda
08:40 / 16.04.2025