Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Turkmaniston elektr energiyasining boshqa davlatlarga tranzitini yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston va Turkmaniston Energetika vazirliklari Ashxobodda elektr energetikasi sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha o‘zaro anglashuv memorandumini imzoladi.
Bu hamkorlikning aniq yo‘nalishlari quyidagilarni o‘z ichiga olgan:
- tomonlar ikki davlat o‘rtasida elektr energiyasi savdosini rivojlantirish va uning boshqa mamlakatlarga tranzitini yo‘lga qo‘yish maqsadidagi hamkorligi;
- elektr energiyasi ta’minoti bo‘yicha mavjud shartnomalar amal qilishi muddatini o‘zaro manfaatli shartlar asosida uzaytirish;
- elektr energiyasi savdosi hajmini oshirish;
- energetika obektlarini ta’mirlash sohasidagi hamkorlik;
- obektlarda ta’mirlash ishlarini olib borish.
Eslatib o‘tamiz: O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov 21 oktabr kuni strategik sheriklikni chuqurlashtirish to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi.
Bundan tashqari, ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkmaniston hamkorligini yanada kengaytirishni ko‘zda tutadigan qator hujjatlar imzolandi.
Mavzuga oid
18:43 / 24.05.2025
Fransiyada yirik blekaut yuz berdi
14:25 / 08.05.2025
O‘zbekiston va Turkmaniston tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga yetkazishga kelishib oldi
17:26 / 29.04.2025
Turkmaniston prezidenti Ochilboy Ramatov bilan uchrashdi
18:14 / 24.04.2025