Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda birinchi xalqaro ziyorat turizmi haftaligi o‘tkaziladi
Shu yil 1-3 noyabr kunlari Samarqand, Xiva, Buxoro va Toshkentda xalqaro ziyorat turizmi haftaligi o‘tkaziladi, deb xabar bermoqda «Dunyo».
Haftalikda ziyorat turizmini rivojlantirish, mavzuga oid suvenirlarni targ‘ib etishga qaratilgan ko‘rgazmalar, seminarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalar va madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkaziladi.
Haftalik dasturidan Samarqand shahridagi yangi «Ipak yo‘li» turistik markazining ochilishi, «Xiva – islom olami turizmi poytaxti» mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro hunarmandchilik ko‘rgazmasi, «Jahon ustalari» yarmarkasi va boshqa tadbirlar o‘rin olgan.
2022 yil 20 mayda Vazirlar Mahkamasining «Xalqaro ziyorat turizmi haftaligi»ni tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori e’lon qilindi. Hujjatga ko‘ra, O‘zbekistonda har yili noyabr oyining birinchi haftasida xalqaro ziyorat turizmi haftaligi o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
17:13 / 27.05.2025
O‘zbekiston Rossiya fuqarolarining mamlakatga kirishini yengillashtirishi mumkin
12:13 / 21.05.2025
O‘zbekistonliklar uchun viza olishni osonlashtirish bo‘yicha AQSh bilan muzokara o‘tkaziladi
16:40 / 14.05.2025
Haj va Umra ziyoratlarini noqonuniy tashkil etishga uringan sayyohlik firmalari aniqlandi
17:42 / 12.05.2025