Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryo va Navoiyda haydovchilik guvohnomasini olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Qashqadaryoda 400, Navoiyda 300 dollar evaziga haydovchilik guvohnomasi olib bermoqchi bo‘lishgan. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.
Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Navoiy shahar bo‘limi tomonidan IIB bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqarolar H.Q., D.A. fuqaro N.ga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasi olib berish evaziga, 300 ming so‘mni D.A.ning plastik kartasiga o‘tkazib, 400 AQSh dollari olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Shu kabi, departamentning Qashqadaryo viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro R.M. fuqaro M.ga tanishlari yordamida haydovchilik guvohnomasini olib berishi evaziga 300 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Qayd etilishicha, mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq, Xorazm, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida ham pul evaziga haydovchilik guvohnomasi olib bermoqchi bo‘lgan shaxslar ushlangandi.
Shuningdek, Toshkentda “Vatanparvar” tashkilotining “Sergeli O‘quv STK” UK boshlig‘i o‘rinbosari U.T. fuqaro R.ni haydovchilik guvohnomasini olish uchun bo‘lib o‘tadigan imtihondan o‘tkazib qo‘yish evaziga 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangandi.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
09:47 / 17.05.2025
Navoiyda ventilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
11:43 / 13.05.2025
Navoiyda 55 yoshli ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etib kelingani aniqlandi
11:11 / 06.05.2025