Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 yanvardan tug‘ilganlik haqida beriladigan QR-ma’lumotnoma gerbli guvohnomaga teng hisoblanadi
2023 yil 1 yanvardan tug‘ilganlik haqida tibbiyot muassasalarida beriladigan QR-kodli ma’lumotnoma gerbli guvohnomaga teng hisoblanadi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, QR-kodli ma’lumotnomani davlat organlari va tashkilotlar tomonidan qabul qilishni rad etish qat’iyan taqiqlanadi.
Tug‘ilganlik haqidagi gerbli guvohnoma fuqarolarning istalgan vaqtdagi murojaatlariga asosan fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo‘limlari tomonidan belgilangan miqdorda gerb yig‘imi undirilgan holda rasmiylashtirib beriladi.
2022 yil 1 noyabrdan 2023 yil 1 iyulga qadar nikoh tuzish va nikohdan ajratishni qayd etish uchun arizalarni Sirdaryo viloyati tuman (shahar) davlat xizmatlari markazlari orqali qabul qilish bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkazish belgilandi.
O‘tkazilgan huquqiy eksperiment natijalari bo‘yicha ushbu davlat xizmatlarini davlat xizmatlari markazlari orqali joriy etish maqsadga muvofiq deb topilgan taqdirda, qonunchilik hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritiladi.
Mavzuga oid
11:15 / 19.04.2025
Xorijiy fuqarolarga to‘lov evaziga O‘zbekistonda yashash guvohnomasi soddalashtirilgan tartibda beriladi
12:02 / 22.11.2024
Xorijdagi vatandoshlarga minnatdorchilik belgisi – O‘zbekistonda «Vatandosh» kartasi joriy qilindi
13:40 / 25.06.2024
O‘zbekiston hududlarida haydovchilik guvohnomalari olib berishini va’da qilganlar ushlandi
07:49 / 07.06.2024