Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada gaz omborlari deyarli to‘ldi
Yevropada qish mavsumi uchun zaxira qilinadigan gaz miqdori ehtiyojlardan oshib ketdi.
Uzoq vaqt davomida Rossiya gaziga qaram bo‘lgan Yevropa o‘z omborlarini to‘ldirish maqsadida butun dunyodan suyultirilgan tabiiy gazni import qildi. Natijada, suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib berish miqdorining faol o‘sishi va ob-havo sharoitining qulay kelishi ortiqcha yoqilg‘i to‘planishiga sabab bo‘ldi. Hozirgi vaqtda Yevropa mamlakatlaridagi yerosti gaz omborlari isitish mavsumi boshlanmasidan oldin deyarli to‘lgan.
Italiyaning Illumia energetika kompaniyasi yetakchi tahlilchisi va katta meteorologi Jakomo Masato so‘zlariga ko‘ra, ortiqcha yoqilg‘i hajmi bilan bog‘liq vaziyat kamida dekabrgacha saqlanib turadi. Uning ta’kidlashicha, noyabr oyida Yevropada ob-havoning keskin sovib ketishi ehtimoli past.
Gas Infrastructure Europe ma’lumotlariga ko‘ra, Yevropa gaz omborlari 93,79 foizga to‘ldirilgan. Boshqa davlatlarga qaraganda gaz ta’minotiga ko‘proq qaram bo‘lgan Germaniyadagi omborlar 97,7 foizga to‘lgan. Buning zamirida tabiiy gaz narxi ham keskin tushib ketdi. 24 oktyabrdan beri birjalardagi 1000 kub.m. tabiiy gaz narxi 1000 dollar atrofida aylanmoqda.
Mavzuga oid
09:36 / 27.05.2025
Shimoliy Yevropa davlatlari Rossiya tomonidan xavfni ko‘rmoqda
12:24 / 22.05.2025
Lavrov Yevropani AQShga sanksiyalarni kuchaytirish uchun bosim o‘tkazishda aybladi
20:30 / 17.05.2025
Erdo‘g‘an Qora dengizda 30 milliard dollarlik gaz koni topilganini e’lon qildi
14:23 / 17.05.2025