Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident pensiya tayinlash tartibi bo‘yicha yangi qonunni imzoladi
I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qo‘shiladi.
Pensiya tayinlash tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonun prezident tomonidan imzolandi.
Unga ko‘ra, ixtisoslashgan tibbiy muassasalarning shifokorlari va o‘rta tibbiy xodimlari – maxsus ish staji shaharchalar, qishloqlar hamda ovullarda kamida 25 yil bo‘lgan taqdirda oxirgi ish joyidan qat’i nazar, belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladi.
Qonunga muvofiq, o‘gay ota va o‘gay onaning vafot etgan o‘gay o‘g‘ilni (qizni) tarbiyalaganligi yoki boqqanligini aniqlash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hisoblab chiqarilgan pensiyalarga ustama haqlar O‘zbekiston oldida alohida xizmatlari bo‘lgan shaxslarga – pensiyani hisoblash bazaviy miqdori 100 foizidan 150 foizigacha belgilanadi. Bunda ularning pensiyasiga ustama to‘lash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyingi ishlangan vaqt ish stajiga qo‘shib hisoblanadi.
I va II guruh nogironlik pensiyasi tayinlanganidan keyin kamida 1 yil ish stajiga ega bo‘lsa, fuqaroning arizasi asosida ish staji va ish haqi inobatga olingan holda pensiya har ikki yilda bir marotaba qayta hisoblab chiqiladi. Bunda pensiyani qayta hisoblash fuqaro pensiya miqdorini qayta hisoblash uchun murojaat qilgan sanadagi yoshga nisbatan talab qilingan ish stajidan kelib chiqqan holda amalga oshiriladi.
Mavzuga oid
13:53 / 07.05.2025
BAA dunyoda birinchi bo‘lib qonunlarni yozishda sun’iy intellektdan foydalanmoqchi
17:14 / 19.04.2025
Deputatlar sun’iy intellektda yaratilgan noqonuniy kontent uchun jazoga izoh berdi
20:06 / 14.04.2025
Qonun loyihasiga ilova qilinadigan hujjatlar ro‘yxati kengaytirildi
09:52 / 21.02.2025